Sport

Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik uch nafar hakam ishtirok etadi

Ilgiz Tantashev boshchiligida
Ilgiz Tantashev
Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik uch nafar hakam ishtirok etadi / Foto: UFA

2025-yilning 14-iyunidan 13-iyuliga qadar AQShda boʻlib oʻtadigan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida FIFA tomonidan e’lon qilingan rasmiy hakamlar roʻyxatiga oʻzbekistonlik uch nafar hakamlik nomzodi kiritildi. Bu haqda FIFA ma’lum qildi.

Oʻzbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev bilan birga musobaqani ikki hakam yordamchisi: Timur Gaynullin va Andrey Tsapenko boshqaradi.

Foto: FIFA jadvalidan ekran tasviri

Ushbu turnirda 32 ta nomdor klublar ishtirok etadi. Musobaqa klassik jahon chempionati formatiga oʻxshash guruh va pley-off bosqichlaridan iborat boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Kurisv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida KXDR (Shimoliy Koreya)ga qarshi maydonga tushishi haqida yozgan edi.