
Raqobat qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekenergota’mir» AJning «Uzauto-Inzi» MCHJ QKdagi ulushlarni xarid qilish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi va ijobiy xulosa berildi.
Elektr uskunalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi «O‘zbekenergota’mir» AJ endilikda avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «Uzauto-Inzi» MCHJ QKdagi Janubiy Koreyaning «Inzi Amt Co.,Ltd.» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 50 foiz ulushni xarid qiladi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, mazkur bitim raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlandi va bitimga rasman rozilik berildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mevali ko‘chatlar sotuvchi platforma nomi noqonuniy deb topilgani haqida xabar bergan edi.