Oʻzbekiston Hindiston bilan harbiy mashgʻulot oʻtkazmoqda
eʼlon qilindi
Mashgʻulotlar 28-aprelga qadar davom etadi

15-aprel kuni Hindistondagi «Aundh» xalqaro oʻquv bazasida «Doʻstlik» oʻzbek-hind qoʻshma VI harbiy mashgʻulotlari boshlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi qoʻshma mashgʻulotlarning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun Hindistonga yetib borgan. 2019-yildan buyon muntazam oʻtkazib kelinayotgan ushbu mashgʻulotlar ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Mashgʻulotlar 28-aprelga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-aprel kuni harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik uchun toʻlanadigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshirilgani haqida yozgan edi.