Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda kuchsizlar qatorida qayd etildi

Pasport indeksi reytingida Oʻzbekiston 80-oʻrinni egalladi. Bu haqda Visa index reytingida ma’lum qilindi.
Oʻzbekiston fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.
Pasport reytingi jahon pasportlariga nisbatan reytingi vizasiz kirishiga ruxsat beruvchi davlatlar va yetib kelishda vizani talab qiladigan davlatlar soni yoki Elektron sayohat ruxsatnomasini (eTA) qoʻshish yoʻli orqali hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlarining pasportlari quyidagi jadvalda qayd etilgan.
Davlat | Indeksdagi oʻrni | Vizasiz kiruvchi davlatlar soni |
Qozogʻiston | 63 | 82 |
Qirgʻiziston | 79 | 63 |
Oʻzbekiston | 80 | 62 |
Tojikiston | 84 | 23 |
Turkmaniston | 92 | 48 |
Afgʻoniston | 199 | 25 |
Reytingga 199 ta davlat kiritilgan. Reytingda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxirgi oʻrinda (vizasiz 25 davlat) qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoy bilan vizasiz rejim boʻyicha muzokaralar davom ettirilayotgani haqida yozgan edi.