Oʻzbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3,7 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Keyingi oʻrinni Rossiya kapitali ishtiroki mavjud boʻlgan korxonalar egalladi
Statistika
Oʻzbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3,7 mingdan oshdi/ www.depositphotos.com

2025-yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 15739 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Ulardan 4 mingdan ortigʻi qoʻshma korxonalar boʻlib, salkam 12 mingtasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Ayni paytda xorij kapitaliga ega eng koʻp korxonalar ichida Xitoy yetakchilik qilmoqda: 3711 ta. Xitoy ishtirokidagi korxonalar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,1 mingtaga koʻpaygan. Rossiya ishtirokidagi korxonalar soni 2024-yilga qaraganda 14 taga koʻpayib, 3033 tani tashkil qilgan.

Quyidagi jadvalda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan eng koʻp xorijiy davlatlar bilan tanishish mumkin:

Davlatlar2025-yil 1-aprel holatiga koʻra2024-yil 1-aprel holatiga koʻra
Xitoy3711 ta2501 ta
Rossiya3033 ta3019 ta
Turkiya1942 ta1899 ta
Qozogʻiston1082 ta1102 ta

Eslatib oʻtamiz, shu yilning yanvar-fevral oylarida ikki ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida AQShga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek