O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Tomonlar tegishli deklaratsiyani imzoladilar
O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi / Foto: Vengriya mudofaa vaziri

O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi. Ushbu hujjat Vengriya mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovnitskiyning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolandi.

Salay-Bobrovnitskiyning ta’kidlashicha, imzolangan hujjat mudofaa siyosati va harbiy hamkorlik yo‘nalishida muhim qadam bo‘ladi. U O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuxamedov bilan uchrashuv davomida Rossiya – Ukraina mojarosi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Uchrashuv davomida ular Yevropani qamrab olgan Rossiya – Ukraina urushi to‘xtatilishi kerak, degan fikrda yakdillashdilar», deyiladi Vengriya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek, Vengriya mudofaa vaziri O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurashda muhim ishtirokchi va NATO uchun muhim hamkor sifatida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng Salay-Bobrovnitskiy Birinchi jahon urushi davrida O‘zbekistondagi harbiy asirlar lagerlarida halok bo‘lgan 1,4 ming nafar vengriyalik askar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikni borib ko‘rdi. Shuningdek, U Qurolli Kuchlar Akademiyasi va Innovatsion texnologiyalar markazi faoliyati bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya Oʻzbekistonda kichik GESlar qurishni koʻrib chiqayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek