O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Tomonlar tegishli deklaratsiyani imzoladilar
O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi / Foto: Vengriya mudofaa vaziri

O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi. Ushbu hujjat Vengriya mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovnitskiyning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolandi.

Salay-Bobrovnitskiyning ta’kidlashicha, imzolangan hujjat mudofaa siyosati va harbiy hamkorlik yo‘nalishida muhim qadam bo‘ladi. U O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuxamedov bilan uchrashuv davomida Rossiya – Ukraina mojarosi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Uchrashuv davomida ular Yevropani qamrab olgan Rossiya – Ukraina urushi to‘xtatilishi kerak, degan fikrda yakdillashdilar», – deyiladi Vengriya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek, Vengriya mudofaa vaziri O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurashda muhim ishtirokchi va NATO uchun muhim hamkor sifatida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng Salay-Bobrovnitskiy Birinchi jahon urushi davrida O‘zbekistondagi harbiy asirlar lagerlarida halok bo‘lgan 1,4 ming nafar vengriyalik askar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikni borib ko‘rdi. Shuningdek, U Qurolli Kuchlar Akademiyasi va Innovatsion texnologiyalar markazi faoliyati bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya Oʻzbekistonda kichik GESlar qurishni koʻrib chiqayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek