Endi metro tonnellarida aloqa uzilmaydi
eʼlon qilindi
Hozircha «Ucell» mobil operatori ishlamoqda

Toshkent metropolitenining tonnellarida ham mobil aloqa ishlay boshladi. Bu ishlar «Toshkent metropoliteni» DUK va «Ucell» mobil operatori o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihaning ilk bosqichida metro bekatlari va tonnellarida texnik ishlar olib borildi. Sinov tariqasida Chilonzor yo‘nalishi tonnellarida «Ucell» tarmog‘i ishlay boshladi. Endilikda yo‘lovchilar metroda harakatlanayotgan vaqtlarida ham mobil aloqadan bemalol foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, kelgusida boshqa aloqa operatorlari ham metro tonnellarida faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilonzor metro yo‘nalishi TTZgacha uzaytirilishi haqida yozgan edik.