
19-aprel kuni O‘zbekiston milliy xokkey terma jamoasi o‘z tarixidagi muhim yutuqqa erishdi. Bu haqda Xokkey federatsiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Malayziya ustidan yirik – 18:3 hisobida g‘alaba qozongan jamoamiz IV divizion bo‘yicha g‘olib bo‘ldi va III divizion «B» guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonliklar Armaniston, Indoneziya, Quvayt, Eron va Malayziya jamoalarini ortda qoldirib, musobaqada birinchi o‘rinni egalladi. Bu yutuq o‘smirlar o‘rtasida Tailandda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida U-18 jamoamiz qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatning davomidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xokkey terma jamoamiz Eron ustidan 20:0 hisobda g‘alaba qozongan edi.