9 kishi bo‘lib bir taym o‘ynagan O‘zbekiston Osiyo kubogi g‘olibiga aylandi

20-aprel 2025 23:04 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
O‘zbekiston Osiyo chempioniga
9 kishi bo‘lib bir taym o‘ynagan O‘zbekiston Osiyo chempioniga aylandi / Foto: UFA

Saudiyada o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Muhammad Hakimov va Sadriddin Hasanov tomonidan kiritilgan gollar g‘alabani ta’minladi. E’tiborlisi, birinchi taymda O‘zbekiston terma jamoasi 2 futbolchisi qizil kartochka olib, jamoa bir taym davomida 9 kishi bo‘lib harakat qildi.

Shunga qaramay yosh vakillarimiz jasorat va iroda namoyish etib, kuchli raqib ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo kubogi sohibiga aylanishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat U17 terma jamoasi finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek