Yangiliklar

Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi

22-aprel kuni 28,56 soʻmga tushadi
Foto: depositphotos.com

22-aprel kuni bir AQSh dollarining rasmiy kursi 28,56 soʻmga tushib, 12 909,64 soʻmni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 860 – 12 930 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 940 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 197,32 soʻmga oshib, 14 908,05 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,24 soʻmga koʻtarilib 159,75 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.