
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash bo‘yicha farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, terma jamoa bosh murabbiysi Islombek Ismoilov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Terma jamoaning 23 nafar a’zosi esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Milliy teleradiokompaniyaning «Sport» ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi Otabek Djurayev va «Futbol TV» telekanali muharriri Orifjon Tolipovlar esa «Shuhrat» medaliga loyiq ko‘rildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan chempionlarga Cobalt, murabbiylarga esa Tracker avtomobillari berilishi haqida yozgandi.