Galaxy Z Fold 5 va Flip 5 One UI 7 yangilanishini oldi

22-aprel 2025 15:34 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Galaxy Z Fold 5
Galaxy Z Fold 5 va Flip 5 One UI 7 yangilanishini oldi / Foto: Sammobile

Samsung bugun Koreyada Samsung Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Z Flip 5 uchun rasmiy One UI 7 (Android 15) yangilanishini chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Bu yangilanish bugun chiqarilgan boshqa qurilmalar — Galaxy S23, Galaxy S24 FE, Galaxy Tab S10 va Galaxy Tab S9 seriyalariga ham taalluqli.

Hozircha faqat Koreyada mavjud bo‘lgan ushbu yangilanishni foydalanuvchilar telefonning Sozlamalar > Dasturiy ta’minotni yangilash menyusi orqali yuklab olishlari mumkin. Biroq Samsungning avvalgi yangilanish tajribalarini hisobga olsak, One UI 7 global tarqatilishi biroz tartibsiz kechishi mumkin.

Shunga qaramay, Germaniya va Hindiston kabi bozorlar uchun rasmiy jadvalda Galaxy S24, Z Fold 6 va Z Flip 6 modellari aprel oyida yangilanishni olishi ko‘rsatilgan. Qolgan mos qurilmalar esa may yoki iyun oylarida navbatga chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy qurilmalari batareyasi yaxshilanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek