Agar Google Chrome sotilsa, xarid qilishga tayyormiz – OpenAI

eʼlon qilindi
Google’ning qidiruv bozoridagi ustun mavqeyini kamaytirish uchun
Agar Google Chrome sotilsa, xarid qilishga tayyormiz — OpenAI / Foto: Forbes

Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan Google’ga qarshi antimonopoliya sudida OpenAI vakili Nik Terli mashhur Chrome brauzeri sotuvga qo‘yilsa, kompaniya uni xarid qilishga qiziqishini bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur taklif AQSh Adliya departamenti Google’ning qidiruv bozoridagi ustun mavqeyini kamaytirish uchun uni aktivlarini sotishga majbur qilishi mumkinligi fonida bildirildi.

Sudda OpenAI vakili, shuningdek, Google ChatGPT’ga o‘zining qidiruv texnologiyasini ishlatishga ruxsat bermaganini ma’lum qildi. Hozirda ChatGPT Microsoft’ning Bing tizimidan foydalanadi. Vakilga ko‘ra, ko‘proq Google API’laridan foydalanish mahsulot sifatini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Sud jarayonida Google’ning boshqa kompaniyalar bilan eksklyuziv kelishuvlari, raqobatchilarga to‘siq bo‘layotgani haqida ham fikrlar bildirildi. Adliya departamenti esa Google’ni bu amaliyotlardan voz kechishga majbur qilish tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prada $1,375 milliardga Versace’ni sotib olgan edi.

Shuningdek