AUDI E5 Sportback taqdim etildi

23-aprel 2025 08:55 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
AUDI E5 Sportback
AUDI E5 Sportback taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Auto Shanghai 2025 ko‘rgazmasida SAIC-Audi o‘zining birinchi ishlab chiqarish modeli AUDI E5 Sportback ni rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Brend va dizayn
Yangi brend logotipi to‘rt halqasiz, «AUDI» yozuvi bilan ko‘rsatilgan. E5 Sportback sportbop dizayni, yorqin LED faralar va LiDAR sensorli ilg‘or xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi.

AUDI E5 Sportback
Foto: CarNewsChina

Texnik tomoni

  • 579 kVt quvvat (776 ot kuchi)
  • 0–100 km/soat: 3,4 soniya
  • 770 km gacha masofa (CLTC)
  • 800V tez zaryad: 10 daqiqada 370 km
  • 100 kVt/soat akkumulyator

Ichki dizayn va texnologiya

  • 27 dyuymli 4K displey
  • Audi OS, Snapdragon 8295 chipi
  • AI yordamchisi (sensorli va ovozli boshqaruv)
  • AUDI 360 LiDAR haydovchi yordam tizimi
  • Moslashuvchan havo suspenziyasi, to‘liq g‘ildirak boshqaruvi

E5 Sportback 2025-yil yozida Xitoyda sotuvga chiqadi. 2026–2027 yillarda yana ikki yangi elektr AUDI modeli taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Kursiv Uzbekistan Audi A6 sedanining suratini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek