Chevrolet yangi nom bilan arzon elektromobil ishlab chiqarishi kutilmoqda

24-avgust 2026 10:58 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet yangi nom bilan arzon elektromobil ishlab chiqarishi kutilmoqda
Foto: GM Authority

General Motors Chevrolet’ning arzon elektromobillar qatorini kengaytirish doirasida Chevrolet Joy nomini qayta tiklashi mumkin. GM Authority’ga ko‘ra, kompaniya ushbu nomni Wuling Bingo Pro asosida yaratiladigan yangi boshlang‘ich darajadagi elektromobil uchun ko‘rib chiqmoqda.

Wuling Bingo Pro Chevrolet nomi ostida sotilishi mumkin

General Motors xalqaro bozorlarda, ayniqsa Xitoy brendlari bilan raqobat kuchayib borayotgan sharoitda, Chevrolet’ning elektromobillar qatorini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya avvalroq Spark va Captiva nomlarini elektr krossoverlari uchun qayta tiklagan edi.

GM Authority ma’lumotiga ko‘ra, GM Wuling Bingo Pro’ni Chevrolet’ning arzon elektromobili sifatida asosiy rivojlanayotgan bozorlarga olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: GM Authority

Hozirda avtomobil uchun xalqaro tijoriy nom tanlanmoqda va asosiy variantlardan biri Chevrolet Joy bo‘lib turibdi.

Nega aynan Joy nomi tanlanishi mumkin

Manbalarga ko‘ra, Joy nomi GM uchun bir nechta ustunlikka ega.

Birinchidan, kompaniya Janubiy Amerikaning barcha mamlakatlarida Joy nomidan foydalanish huquqiga ega. Bundan tashqari, ushbu nom Meksika bozorida ham yaxshi tanilgan.

Ikkinchidan, Joy avvaldan Chevrolet’ning boshlang‘ich darajadagi ixcham avtomobillari bilan bog‘langan. Shu sababli yangi elektromobilning bozordagi o‘rnini xaridorlarga tushuntirish osonroq bo‘lishi mumkin.

Joy nomining tarixi 30 yildan oshadi

Foto: GM Authority

Chevrolet Joy nomi Janubiy Amerikada birinchi avlod Chevrolet Onix’ni qayta nomlab sotish uchun ham ishlatilgan. Ayrim bozorlarda, jumladan, Meksikada, ushbu nomning tarixi 30 yildan oshadi.

Agar reja amalga oshsa, yangi Chevy Joy Chevrolet’ning rivojlanayotgan bozorlardagi eng arzon elektromobillaridan biriga aylanishi mumkin. General Motors Wuling Bingo Pro asosidagi modelning yakuniy nomini yaqin vaqt ichida e’lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Chevrolet Traverse Z71 taqdim etilgani haqida xabar berilgandi. Model 2026-yilgi Guayakil avtosalonida taqdim etildi va yaqin haftalarda mamlakat bozorida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Yangi Chevrolet Traverse Z71 Ekvadorda Chevrolet brendining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida namoyish etildi.

Shuningdek