
Samsung One UI 7.0 yangilanishi 16 ta Galaxy qurilmasi uchun chiqarildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Samsung kompaniyasi 2025-yil 7-aprel kuni Android 15 asosidagi One UI 7.0 interfeysining yakuniy versiyasini chiqarishni boshladi. Dastlabki bosqichda bu yangilanish 16 ta Galaxy smartfon va planshet modellari uchun taqdim etildi.
| Qurilma toifasi | Modellar |
|---|---|
| Galaxy S seriyasi | S24, S24 Plus, S24 Ultra, S24 FE |
| S23, S23 Plus, S23 Ultra | |
| Galaxy Z seriyasi | Z Fold6, Z Flip6 |
| Z Fold5, Z Flip5 | |
| Galaxy Tab seriyasi | Tab S10 Plus, Tab S10 Ultra |
| Tab S9, Tab S9 Plus, Tab S9 Ultra |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Z Flip 5 uchun rasmiy One UI 7 (Android 15) yangilanishini chiqargani haqida yozgan edi.