Shavkat Mirziyoyev va Sergey Lavrov nima haqida suhbatlashdi

eʼlon qilindi
Rossiya TIV O‘zbekistonga keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi ishlar vaziri (TIV) rahbari Sergey Lavrov bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya diplomatiyasi rahbari jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Hozirda Rossiya investitsiyalari O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Savdo aylanmasi bo‘yicha biz O‘zbekistonning umumiy ko‘rsatkichlarining qariyb 18 foizini egallab turibmiz», – dedi u.

Shuningdek, rossiyalik investorlar respublikada $38,7 mlrdlik (3,2 trillion rubl) 115 ta loyiha ustida qo‘shimcha ish olib bormoqda. Lavrov ularni amalga oshirish masalalarini Mirziyoyev va o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan muhokama qildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri energetika sohasi bo‘lib qolmoqda. Xususan, ikki davlat kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi, gaz va transport tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni ilgari surmoqda.

«Gaz sohasida ham hamkorlik kengaymoqda, bu yerda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ikki baravar oshirish imkonini beradigan bir qator infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda», – deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari.

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar ikki davlatning gumanitar sohadagi hamkorligini ham yuqori baholagan. O‘tgan yili Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Shu yilning yozida O‘zbekistonda Rossiyaga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar mehnat migratsiyasi va o‘zbekistonliklarni uyushgan holda ishga qabul qilish tartib-qoidalarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari muzokaralari bo‘lib o‘tgani haqida yozgandi.

Shuningdek