
2025-yil 23-aprel kuni Shanxay avtosalonida Geely kompaniyasining Zeekr brendi o‘zining yangi flagman modeli – Zeekr 9X modelini taqdim qildi. Bu model «dunyodagi eng tez va eng uzoq masofaga yuradigan elektr-gibrid SUV» sifatida e’tirof etilmoqda.
Modelning o‘lchamlari:
- Uzunligi: 5,2 metr;
- Kengligi: 2 metr;
- Balandligi: 1,8 metr;
- G‘ildirak bazasi: 3,2 metr;
- G‘ildiraklar 22 dyuymli oynavand quyma disklardan iborat;
- Orqa eshiklar: SUV segmentida eng katta, 1 metrdan ortiq kenglikka ega.

Texnik xususiyatlar:
- Batareya: 6C texnologiyasiga ega «Xiaoyao» batareyasi, 20% dan 80% gacha quvvat olish uchun atigi 9 daqiqa talab etiladi;
- To‘liq elektr yurish masofasi: CLTC sikliga ko‘ra 380 km;
- Elektromotorlar: Oldingi motor 290 kVt, orqa motor 370 kVt quvvatga ega;
- Ichki yonuv dvigateli: 2.0T gibrid dvigatel, 46% issiqlik samaradorligi va 205 kVt quvvat;
- Tezlanish: 0 dan 100 km/soatgacha 3 soniyadan kamroq vaqt ichida;
- Maksimal tezlik: 240 km/soat.
Zeekr 9X 2025-yilning uchinchi choragida savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 009 Glorious Black Gold modeli e’lon qilingani haqida yozgan edi.