Gulnora Karimovadan undirilgan pullar qay shaklda O‘zbekistonga yetib keladi – Shveysariya elchisi javob berdi

eʼlon qilindi
Ishonch fondiga yo'naltiriladi
undirilgan pullar
Gulnora Karimovadan undirilgan pullar qay tariqa yetib keladi – Shveysariya elchisi javob berdi / Foto: Ahmad Muhammadov

Gulnora Karimova tomonidan noqonuniy oʻzlashtirilgan bir qator aktivlar Shveysariyadan Oʻzbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi. Bu undirilgan pullar mamlakatga qanday yetib kelishi borasida Shveysariyaning favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy Kursiv Uzbekistan’ga izoh berdi.

«Gulnora Karimova tomonidan noqonuniy egallangan pullarning O‘zbekistonga qaytarilishi bu juda yaxshi. Bu jarayonda, albatta, «Ishonch Uzbekistan vision 2030» fondi va BMT faol qatnashdi. Undirilgan mablag’lar dastlab yuridik jarayonlar yakunlangach banklarda muzlatiladi, keyin esa BMT’ning Nyu Yorkdagi qarorgohiga o’tib Ishonch fondiga yo’naltiriladi,»– deydi Shveysariya elchisi.

Elchining aytishicha, barcha kerakli inventarlar va sotib olish uchun ehtiyoj sezilgan buyumlar BMT orqali ma’lum bir buyurtmachilar orqali yetkaziladi. Mamlakatdagi buyurtmachilar bunga hech qanday aloqasi yo’q.

Karimova tomonidan oʻzlashtirilgan $95 mln Shveysariyadan Oʻzbekistonga qaytarildi. Karimovadan ayni paytgacha mamlakatga kelib tushgan $87 million ta’lim va tibbiyotni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgani aytildi. Bundan $43,5 mln mablag’ perinatal markazlarida onalar va bolalar o’limini qisqartirish loyihasiga , ta’lim uchun esa $23,5 mln ajratilgan. Ikkinchi komponent doirasida maktab infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $20 mln ajratiladi.

Qayd etish joizki, $23,5 mln O‘zbekiston ta’lim tizimini raqamlashtirish, inklyuzivlik va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi loyihalar uchun berildi.

Ta’lim uchun moliyaviy taqsimot quyidagicha belgilangan:

  • Loyihani samarali boshqarish xarajatlari — $2 mln
  • Restitutsiya bitimida belgilangan bilvosita xarajatlar — $1,5 mln

Loyiha quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

1. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ($3 mln):
Uchta Pedagoglar malakasini oshirish milliy markazi zamonaviy standartlar asosida ta’mirlanadi hamda IT texnologiyalar va laboratoriyalar bilan jihozlanadi.

2. O‘qituvchilarni raqamli texnologiyalarga o‘rgatish ($3 mln):
300 nafar mentor va 3 000 nafar o‘qituvchi raqamli texnologiyalarni darslarda qo‘llash bo‘yicha qayta tayyorlanadi.

3. IT jihozlar va inklyuziv infratuzilma ($14 mln):
50 ta maktab zamonaviy IT texnologiyalari va inklyuziv infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Kutilayotgan natijalar:

  • 50 ta maktabdagi 40 ming nafar o‘quvchi (shundan 500 nafari imkoniyati cheklangan) zamonaviy, raqamli va inklyuziv ta’lim bilan qamrab olinadi.
  • PISA xalqaro baholash tizimi bo‘yicha o‘quvchilarning darajasi 2026-yil yakuniga qadar kamida 5% ga yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.
  • Darslarda raqamli texnologiyalarni qo‘llaydigan o‘qituvchilar ulushi 20% ga oshiriladi.

Ikkinchi komponent doirasida maktab infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $20 mln ajratiladi. O‘zbekistondagi maktablarda yashil energiya va gender tamoyillariga asoslangan holda sanitariya-gigiyena hamda isitish tizimlarini yangilash loyihasi ishlab chiqilgan va hozirda muhokama qilinmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Oliy sudi Gulnora Karimovaning ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek