
Raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan hozirgi davrda har kim sifatli, ishonchli va hamyonbop smartfonga ega bo‘lishni xohlaydi. Ko‘pchilik o‘ylaganidek, yaxshi telefon sotib olish uchun katta mablag‘ shart emas. Atigi $200 ga qanday smartfon xarid qilish mumkin? Ushbu maqolada Kursiv Uzbekistan aynan shu narxda eng yaxshi variantlarni tayyorladi.
Bu maqolada siz bilib olasiz
Samsung
Samsung Galaxy A16: budjet toifasidagi zamonaviy smartfon
Bu smartfon 2024-yil noyabr oyida taqdim etilgan budjet toifasidagi smartfon bo‘lib, kundalik foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Asosiy xususiyatlari:
- Ekran: 6.7 dyuymli Super AMOLED, 1080 x 2340 piksel (FHD+), 90Hz yangilanish tezligi;
- Protsessor: MediaTek Helio G99 (6 nm), 8 yadroli;
- Operativ xotira: 4GB, 6GB yoki 8GB RAM variantlari;
- Ichki xotira: 128GB yoki 256GB, microSDXC orqali kengaytiriladi;
- Kamera tizimi:
- Asosiy kamera: 50MP (asosiy) + 5MP (ultra keng burchak) + 2MP (makro);
- Old kamera: 13MP;
- Batareya: 5000 mAh, 25W tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi;
- Operatsion tizim: Android 14, One UI 6.1 interfeysi bilan, 6 yilgacha yangilanishlar bilan ta’minlanadi;
- Qo‘shimcha imkoniyatlar: IP54 darajasidagi chang va suvga chidamlilik, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, NFC (bozor va mintaqaga qarab), USB Type-C porti.

Ushbu ajoyib smartfonni $200 evaziga 6 GB operativ xotira, 128 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Samsung Galaxy A16 Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 2,5 mln so‘m evaziga sotilmoqda. Yandex Market’da esa 2,3 mln so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
Xiaomi
Xiaomi Redmi Note 14: budjet toifasida kuchli imkoniyatlar
Bu smartfon 2024-yil oxirida taqdim etilgan budjet toifasidagi smartfon bo‘lib, o‘zining kuchli texnik xususiyatlari va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi.
Asosiy xususiyatlari:
- Ekran: 6.67 dyuymli AMOLED, 2400 × 1080 piksel (FHD+), 120Hz yangilanish tezligi, 1800 nit maksimal yorqinlik, Corning® Gorilla® Glass 5 bilan himoyalangan.
- Protsessor: MediaTek Helio G99-Ultra, 6nm texnologiyada ishlab chiqarilgan, 8 yadroli.
- Operativ xotira va saqlash: 6GB/8GB RAM, 128GB/256GB ichki xotira variantlari, microSD orqali kengaytiriladi.
- Kamera tizimi:
- Asosiy kamera: 108MP (asosiy) + 2MP (chuqurlik) + 2MP (makro).
- Old kamera: 20MP.
- Batareya: 5500 mAh, 33W tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Operatsion tizim: Android 14, HyperOS interfeysi bilan.
- Qo‘shimcha imkoniyatlar: IP54 darajasidagi chang va suvga chidamlilik, ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, NFC (bozor va mintaqaga qarab), IR blaster, Dolby Atmos qo‘llab-quvvatlovi.

Ushbu ajoyib smartfonni $200 evaziga 6 GB operativ xotira, 128 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Xiaomi Redmi Note 14 Uzum Market onlayn do’konlar tarmog’ida 2,5 mln so‘m evaziga sotilmoqda. Yandex Market’da esa 2,3 mln so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
VIVO
Vivo Y28 4G: Katta batareya va zamonaviy dizayn bilan ajralib turuvchi budjet smartfon
Bu ajoyib smartfon 2024-yil iyul oyida taqdim etilgan budjet toifasidagi smartfon bo‘lib, o‘zining katta hajmdagi batareyasi, zamonaviy dizayni va kundalik foydalanish uchun yetarli bo‘lgan texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Asosiy xususiyatlari:
- Ekran: 6.68 dyuymli IPS LCD, 720 × 1608 piksel (HD+), 90Hz yangilanish tezligi, 1000 nit maksimal yorqinlik.
- Protsessor: MediaTek Helio G85 (12 nm), 8 yadroli (2×2.0 GHz Cortex-A75 & 6×1.8 GHz Cortex-A55).
- Operativ xotira va saqlash: 4GB/6GB/8GB RAM variantlari, 128GB yoki 256GB ichki xotira, microSDXC orqali kengaytiriladi.
- Kamera tizimi:
- Asosiy kamera: 50MP (asosiy) + 2MP (chuqurlik).
- Old kamera: 8MP.
- Batareya: 6000 mAh, 44W tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Operatsion tizim: Android 14, Funtouch OS 14 interfeysi bilan.
- Qo‘shimcha imkoniyatlar: IP64 darajasidagi chang va suvga chidamlilik, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, 3.5mm audio jack, FM radio, USB Type-C porti.

Ushbu smartfonni $200 evaziga 8 GB operativ xotira, 128 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Vivo Y28 Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 2,6 mln so‘m evaziga sotilmoqda. Yandex Market’da esa 2,5 mln so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
Huawei
Huawei Nova 11: Yengil dizayn va kuchli kameralar bilan ajralib turuvchi o‘rta toifadagi smartfon
Bu smartfon 2023-yil aprel oyida taqdim etilgan o‘rta toifadagi smartfon bo‘lib, o‘zining yengil dizayni, sifatli displeyi va kuchli kamera tizimi bilan ajralib turadi.
Asosiy xususiyatlari:
- Ekran: 6.7 dyuymli OLED, 1084 × 2412 piksel (FHD+), 120Hz yangilanish tezligi, HDR10 qo‘llab-quvvatlovi, Kunlun Glass bilan himoyalangan.
- Protsessor: Qualcomm Snapdragon 778G 4G (6 nm), 8 yadroli (4×2.4 GHz Kryo 670 & 4×1.8 GHz Kryo 670).
- Operativ xotira va saqlash: 8GB RAM, 128GB/256GB/512GB ichki xotira variantlari, microSD kartani qo‘llab-quvvatlamaydi.
- Kamera tizimi:
- Asosiy kamera: 50MP (asosiy) + 8MP (ultra keng burchak).
- Old kamera: 60MP (ultra keng burchak).
- Batareya: 4500 mAh, 66W tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Operatsion tizim: HarmonyOS 3.0.
- Dizayn: Yengil va yupqa korpus (6.88 mm qalinlik, 168 g og‘irlik), tekis qirralar bilan.

Ushbu smartfonni $200 evaziga 8 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Huawei Nova 11 Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 2,6 mln so‘m evaziga sotilmoqda. Yandex Market’da esa 2,5 mln so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng kuchli flagman reytingida qaysi smartfon yetakchilik qilayotgani haqida xabar bergan edi.