O‘zbekiston BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

eʼlon qilindi
2026 – 2029-yillar uchun
O‘zbekiston BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi / Foto: Report.az

Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Statistika komissiyasining navbatdagi saylovida tarixda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi 2026 – 2029-yillar uchun ushbu nufuzli organ a’zoligiga bir ovozdan saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

1947-yilda tashkil etilgan Statistika komissiyasi xalqaro statistikani rivojlantirish va universal standartlarni belgilash bilan shug‘ullanadi. Komissiya tarkibiga 24 davlat kiradi va a’zolar geografik muvozanatni hisobga olgan holda har to‘rt yilda yangilanadi.

Bu a’zolik mamlakatga global statistik siyosatni shakllantirishda faol ishtirok etish, milliy tajribani targ‘ib qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun 4,9 mln yevro ajratishi haqida yozgan edik.

Shuningdek