
Lynk & Co brendi tomonidan Lynk & Co 900 avtomobili Xitoy bozorida taqdim etildi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda. Avtomobil Li Auto L9, Aito M9, BMW X7 va Mercedes-Benz GLS kabi mashinalarga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan.

Avtomobil uch xil kuch tizimi bilan taklif etiladi.
Versiya | Dvigatel | Elektromotorlar soni | Umumiy quvvat (ot kuchi) | 0–100 km/soat tezlanish | Batareya sig‘imi (kWh) | Narxi (dollarda) |
---|---|---|---|---|---|---|
Oddiy versiya | 1.5L turbo benzinli | 2 ta | 721 ot kuchi | 4.8 soniya | 44.85 | $42,586 |
O‘rta versiya | 2.0L turbo benzinli | 2 ta | 734 ot kuchi | 4.6 soniya | 44.85 | $43,386 |
Premium versiya | 2.0L turbo benzinli | 3 ta | 857 ot kuchi | 4.3 soniya | 52.38 | $46,186 |

Texnik xususiyatlari:
Parametr | Ma’lumot |
---|---|
Platforma | SPA Evo |
O‘rindiqlar soni | 6 ta |
G‘ildirak tizimi | To‘liq g‘ildirakli (AWD) |
Dvigatel turlari | 2.0L benzin + elektromotorlar / 1.5L benzin + elektromotorlar |
Ot kuchlari | 857, 734 va 720 ot kuchi |
Elektromotorlar soni | 2 yoki 3 ta |
0–100 km/soat tezlanish | 4,3 — 4,8 soniya |
Maksimal tezlik | 240 km/soat |
Displeylar | 2 dona 30 dyuymli 6K ekran + 12,66 dyuymli raqamli panel |
Protsessor | Snapdragon 8295 |
Yoritish tizimi | 10 192 dona LED chiroqlar, interaktiv animatsiyalar bilan |
Avtonom haydash tizimi | Lidar, radarlar, ultratovush sensorlar, kameralar bilan |
Boshqaruv chipi | Nvidia Drive Thor yoki Orin-X |
Ichki yoritish | 256 rangli RGB |
O‘rindiqlar funksiyasi | 180° aylanish, isitish, massaj |
Avtomobilning narxi konfiguratsiyasiga qarab farqlanadi. Oddiy versiyasining narxi $42 mingdan boshlanadi. Ommaviy ishlab chiqarish 2025-yilning may oyidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD kompaniyasi Denza N9 modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.