Yangiliklar

BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan O‘rmonzorlash va O‘rmon tiklash dekadasi rezolyutsiyasini qabul qildi

«Yashil makon» loyihasi hamda «Yashil kamar» aksiyasi kabi tashabbuslarga asoslanib
O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT O‘rmon tiklash dekadasini e’lon qildi / Foto: Pexels.com

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan «Barqaror o‘rmon xo‘jaligi asosida o‘rmonzorlashtirish va o‘rmon tiklash bo‘yicha Harakatlar dekadasi» rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hujjat 2027 – 2036-yillarni O‘rmonzorlashtirish va O‘rmon tiklash Dekadasi deb e’lon qiladi. Uni 80 dan ortiq davlatlar qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiya O‘zbekistonda amalga oshirilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi, «Yashil kamar» aksiyasi va ekologiya sohasidagi boshqa tashabbuslariga asoslanadi.

Ushbu hujjat global darajada ekologik harakatlarni kuchaytirish va resurslarni safarbar etishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylangan edi.