O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,8 mln so‘mga yetdi

eʼlon qilindi
Yanvar – mart oylarida
pul, open budjet
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,8 mln so‘mga yetdi / Foto: Freepic

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar – mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5,8 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga o‘sgan. 2024-yilda o‘rtacha oylik 4,9 mln so‘mni tashkil qilgandi.

Hududlar kesimida

Dastlabki uch oyda hududlar kesimida eng yuqori ish haqi 9,8 mln so‘m bilan Toshkent shahrida kuzatilgan. 2024-yilga nisbatan 22,7 foizga o‘sgan.

Keyingi o‘rinda Navoiy 7,3 mln so‘m (12,6%) hamda Toshkent viloyati 5,4 mln so‘m (14,3%) bilan turibdi. Ish haqining eng kam miqdori esa 4 mln so‘m (13,7%) bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri kelmoqda.

Qolgan viloyatlarda esa quyidagicha:

HududMillion so‘mO‘sish sur’ati foizda (2024-yilga nisbatan)
O‘zbekiston Respublikasi5,718,0
Qoraqalpog‘iston Respublikasi4,615,0
Andijon viloyati4,811,0
Buxoro viloyati4,718,5
Jizzax viloyati4,317,4
Qashqadaryo viloyati4,0713,7
Navoiy viloyati7,322,6
Namangan viloyati4,216,1
Samarqand viloyati4,317,6
Surxondaryo viloyati4,219,1
Sirdaryo viloyati4,618,5
Toshkent viloyati5,414,3
Farg‘ona viloyati4,213,7
Xorazm viloyati4,513,4
Toshkent shahri9,822,7
Jadval: Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida

Sohalar kesimida

Yanvar – mart oylarida sohalar bo‘yicha eng yuqori o‘sish axborot va aloqa yo‘nalishida (26,8%) kuzatilib, o‘rtacha maosh 14,8 mln so‘mga yetgan. San’at, ko‘ngil ochish va dam olish yo‘nalishlarida ish haqi 4,8 mln so‘mni, o‘sish esa 20,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, bank va sug‘urta sohasida o‘rtacha ish haqi 15,8 mln so‘m bilan eng yuqori natijani qayd etgan bo‘lsa-da, o‘sish 19,8% bo‘ldi. Eng past ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 3,6 mln so‘mni tashkil etib, o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,1 foizga yetgan.

Qolgan sohalarda esa quyidagicha:

Iqtisodiy faoliyat turi nomiMillion so‘mO‘sish sur’ati, % da (2024-yilga nisbatan)
Sanoat6,913,6
Qurilish6,0112,3
Savdo6,515,0
Tashish va saqlash8,716,0
Yashash va ovqatlanish4,713,0
Axborot va aloqa14,826,8
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati15,819,8
Ta’lim4,0417,7
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish3,611,1
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish4,820,2
Jadval: Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi eng ommabop boʻsh ish oʻrinlari qaysilar ekani haqida yozgandi.

Shuningdek