Prezident Xorazm viloyatidagi infratuzilma va turizm sohasidagi loyihalar ko‘zdan kechirildi

eʼlon qilindi
Viloyat yoshlari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi
Prezident Xorazm viloyatidagi infratuzilma va turizm sohasidagi loyihalar ko‘zdan kechirildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, prezident Xiva shahrida qad rostlagan «Arda Xiva» turistik majmuasi faoliyati ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar eksportini kengaytirish maqsadida barpo etilgan.

Foto: President.uz

So‘nggi yillarda viloyatga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar soni ortib bormoqda. Turizm xizmatlari eksporti 2017-yildagi $7 mlndan 2024-yilda $380 mlnga yetgan. Turistik yo‘nalishlar soni 100 taga yaqinlashgan.

Foto: President.uz

Davlat rahbari viloyatdagi transport infratuzilmasini ham ko‘zdan kechirdi. «Buxoro–Urganch–Xiva» temir yo‘li to‘liq elektrlashtirilib, yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar xarid qilingan. Yangi poyezdlar joriy etilishi natijasida Toshkent–Xiva yo‘nalishida qatnov vaqti qisqartirilmoqda.

Foto: President.uz

Tashrif davomida viloyatda ishlab chiqarilayotgan yo‘lovchi vagonlari va yangi avtobuslar bo‘yicha loyiha natijalari ham taqdim etildi. Jamoat transporti tizimini yaxshilash maqsadida 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda. Ular ekologik xavfsizlik va texnik qulaylik talablariga javob beradi.

Foto: President.uz

Shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ko‘chat ekish ishlari, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganchdagi Al-Xorazmiy shaharchasiga 22 metrlik Xorazmiy haykali o‘rnatilishi haqida xabar bergan etik.

Shuningdek