
Bir kilogramm palov tayyorlash uchun o‘rtacha 106,7 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, palov tayyorlash bo‘yicha eng qimmat xarajatlar Toshkent shahri (112,5 ming so‘m), Farg‘ona (112,3 ming so‘m) va Toshkent viloyatlariga (108,9 ming so‘m) to‘g‘ri keladi. Eng kam xarajat Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, taxminan 95,7 ming so‘mni tashkil etadi.
Barcha hududlar bo‘yicha quyidagi grafikadan ma’lumot olishingiz mumkin:

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi 333,5 trln so‘mga o‘sgani haqida yozgan edi.