
Samsung korporatsiyasi 2025-yilning birinchi choragida eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Bu haqda Canalys hisobotida ma’lum qilindi.
Samsung jahon bozoriga 60,5 mln dona yetkazib berdi, bu bozor ulushining 20 foizini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinda Apple qayd etildi.
Amerika kompaniyasi 55 mln dona smartfon yetkazib berib, uning ulushi 19 foizga yetdi.
Xiaomi 14 foizlik ulushga ega bo‘lib, 41,8 mln dona qurilma yetkazib berib, uchinchi yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi deb topildi.
Kompaniya | 2025-yil 1-chorak yetkazib berish (mln) | 2025-yil ulushi | 2024-yil 1-chorak yetkazib berish (mln) | 2024-yil ulushi | Yillik o‘sish |
---|---|---|---|---|---|
Samsung | 60,5 | 20% | 60,0 | 20% | 1% |
Apple | 55,0 | 19% | 48,7 | 16% | 13% |
Xiaomi | 41,8 | 14% | 40,7 | 14% | 3% |
vivo | 22,9 | 8% | 21,4 | 7% | 7% |
OPPO | 22,7 | 8% | 25,0 | 8% | -9% |
Boshqalar | 94,0 | 32% | 100,5 | 34% | -6% |
Jami | 296,9 | 100% | 296,2 | 100% | 0% |
Canalys ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida 296,9 mln dona smartfon sotilgan. 2024-yilning birinchi choragiga nisbatan o‘sish atigi 0,2 foizni tashkil etgan. Yetkazib berishda eng kuchli o‘sish Xitoy va Qo‘shma Shtatlarda kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri $100 ga qanday smartfonlarni xarid qilish mumkinligi haqida yozgan edi.