
Moskvadagi Moskvich avtomobil zavodi yangi model – ixcham Moskvich 5 krossoverining birinchi rasmiy suratini e’lon qildi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» nashri xabar bermoqda.
Ushbu model Xitoyning JAC Sehol X6 ga asoslangan. Uning uzunligi 4505 mm, g‘ildirak bazasi esa 2660 mm.dan iborat. Yangi model zamonaviy dizayn, LED optikasi va 17 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan.
Modelni sotuvga chiqarish to‘g‘risida qaror sinovdan o‘tgandan so‘ng qabul qilinadi. Agar tasdiqlansa Moskvich 5 136 ot kuchiga ega benzinli dvigatellarni oladi. Yoki 174 ot kuchi, CVT bilan tandemda ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «AvtoVAZ» O‘zbekistonda mahalliy brend nomi ostida avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi mumkinligi haqida yozgan edi.