«Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasi vaqtincha tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi

eʼlon qilindi
Mudofaa vazirligi ma’lum qildi
«Gʻalaba bogʻi»
«Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasi vaqtincha tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi / Foto: Mudofaa vazirligi

Olmazor tumanida joylashgan «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasida Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan majmua tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish, shuningdek, hududda tozalash va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur tayyorgarlik ishlari munosabati bilan 2025-yil 6 – 8-may kunlari «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik yopiladi.

Ma’muriyat noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tashrif buyuruvchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olishni so‘radi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gullar festivalida Toshkentning qaysi ko‘chalari yopilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek