Milanliklar finalda: «Inter» qo‘shimcha daqiqalarda «Barselona»ni dog‘da qoldirdi

7-may 2025 10:37 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: «Inter»ning X dagi rasmiy sahifasi

UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining javob o‘yinida Italiyaning «Inter» jamoasi Ispaniyaning «Barselona» jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda jamoalar 3:3 hisobida durang o‘yin ko‘rsatgandi. Umumiy hisobda 7:6 bilan «Inter» finalga yo‘l oldi.

Birinchi taym: ikkita gol va «Inter»ning ustunligi

O‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlar taktik va o‘yin nazorati jihatidan ustunlikka ega bo‘lishdi. Uchrashuv yuqori tezlikda, lekin ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Himoyaviy harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

23-daqiqada «Inter» hisobni ochdi. «Barselona» markazda xatoga yo‘l qo‘ydi, bu esa tezkor hujumga sabab bo‘ldi. Dimarko Denzel Dyumfrisni darvozabon bilan yakkama-yakka chiqardi. Dyumfris to‘pni Lautaro Martinesga uzatdi, u esa bo‘sh darvozaga go‘l kiritdi – 1:0.

Foto: «Inter»ning X dagi rasmiy sahifasi

Simone Indzagi shogirdlari bosimni pasaytirmadi. «Barselona» to‘p nazoratida ustun bo‘lsa-da, Zommer darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olmadi.

44-daqiqada muhim lahza yuz berdi. Martines mehmonlar jarima maydoniga yorib kirganda Pau Kubarsining to‘sig‘iga uchradi. Hakam VAR orqali epizodni ko‘rib chiqdi va penalti belgilandi. Hakan Chalxanog‘lu zarbani aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Foto: «Inter»ning X dagi rasmiy sahifasi

Ikkinchi taym: «Barselona» javob qaytaradi, lekin «Inter» taslim bo‘lmadi

Ikkinchi bo‘limda «Barselona» hujumga o‘tdi. Bir nechta uzatmalardan so‘ng to‘p Eris Garsiyaga yetib bordi. Himoyachi to‘pni darvozaning chap burchagiga kuchli zarba bilan yo‘lladi – 2:1.

58-daqiqada «Inter» darvozaboni Zommer o‘z taktikasi yana bir bor namoyish qildi. «Inter» burchak to‘pni muvaffaqiyatsiz qaytardi, natijada «Barselona» qarshi hujumga o‘tdi. Garsiya yana zarba berdi, ammo Zommer ajoyib seyv bilan jamoasini qutqardi.

61-daqiqada Martin chap qanotdan to‘pni uzatdi va uzoq ustun yaqinida Dani Olmo zarba bilan hisobni tenglashtirdi – 2:2.

87-daqiqada Rafinya zarba berdi, Zommer to‘pni qaytardi, lekin to‘p yana Rafinya tomon qaytdi. Braziliyalik futbolchi darhol zarba berib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi.

Ammo oradan atigi besh daqiqa o‘tib, Dyumfrisning uzatmasini Franchesko Acherbi golga aylantirdi — 3:3.

Foto: «Inter»ning X dagi rasmiy sahifasi

Qo‘shimcha vaqt

Ikki jamoa charchaganiga qaramay, «Inter» o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi. 107-daqiqada o‘ng qanotdan tezkor hujum uyushtirildi.

Markus Tyuram Dyumfris bilan birgalikda kombinatsiya o‘ynab, to‘pni jarima maydoniga uzatdi. Mehdi Tarimi to‘pni Davide Fratteziga tashlab berdi, u esa sovuqqonlik bilan zarba berib, hisobni 4:3 ga yetkazdi.

Ushbu g‘alaba bilan «Inter» Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. U yerda ular «PSJ» – «Arsenal» juftligi g‘olibi bilan uchrashadi. Birinchi o‘yinda parijliklar 1:0 hisobida oldinda bormoqda.

Shuningdek