Eldor Shomurodov A Seriya hafta ramziy terma jamoasiga kiritildi

8-may 2025 16:18 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Foto: UFA

WhoScored portali «Roma» futbol klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovni Italiya chempionati (A Seriya) 35-hafta ramziy terma jamoasiga kiritdi.

Shuningdek, ramziy terma jamoa tarkibidan «Bolonya» futbolchisi Jon Lukumi, «Udineze» vakili Hassan Kamara va boshqalar o‘rin olgan.

O‘tgan haftada «Fiorentina»ga qarshi o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi jamoadoshi Artyom Dovbikka golli uzatmani amalga oshirdi va u raqib darvozasiga yagona golni kiritdi.

Transfermarkt sayti Shomurodovning transfer qiymatini 4 mln yevroga baholagan. 8-may holatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi rimliklar safida 82 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bundan tashqari, muxlislar o‘zbekistonlik futbolchini «Roma»ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Unga klub muxlislarining 66 foizi ovoz bergan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodov aprel oyida «Roma» jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek