Prezident Shavkat Mirziyoyev «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi

eʼlon qilindi
Prezident xiyobonda marhumlar oilalari bilan uchrashib, ularga chuqur hurmat bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyoboniga tashrif buyurdi. Ushbu majmua prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u mamlakat himoyasi yo‘lida hayotini fido qilgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan.

Yodgorlik O‘zbekiston bayrog‘idagi yarim oy va o‘n ikki yulduz shaklida qurilgan. Har bir yulduzning yonida 196 nafar fidoyining ismi zarhal harflar bilan yozilgan, ularga o‘rnatilgan monitorlar orqali ularning hayoti, orzulari va xizmat yo‘li namoyish qilinadi.

Prezident xiyobonda marhumlar oilalari bilan uchrashib, ularga chuqur hurmat bildirdi:

«Ular xalqimiz tinchligi uchun jonini fido qilgan qahramonlar. Ularning nomi hech qachon unutilmaydi, bu maydon bunga guvoh», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan uchrashuvda prezident ularni bayram bilan tabrikladi va ularning jasorati yoshlar uchun ibrat bo‘lishini ta’kidladi.

Prezident qaroriga asosan, urush va mehnat faxriylariga moddiy yordam ko‘rsatilmoqda: urush qatnashchilariga $10 ming , ular bilan tenglashtirilgan shaxslarga 25 mln so‘m, mehnat fronti ishtirokchilariga 3 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari ajratildi.

Faxriylarga tibbiy xizmat, patronaj va sanatoriy davolanishi, shuningdek, uy yumushlarida yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston harbiylari Moskvada o‘tkaziladigan paradda ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek