Kia Sportage 2026 taqdim etildi

9-may 2025 16:57 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Kia Sportage 2026
Kia Sportage 2026 taqdim etildi / Foto: Kia

Kia kompaniyasi AQSH bozorida yangilangan 2026-yilgi Kia Sportage krossoverini taqdim etdi va model narxlari e’lon qilindi. Bu haqda Carcoops nashri malum qildi.

Boshlang‘ich narx $28,6 ming dollarni tashkil etib, bu avvalgi modeldan $1300 ga yuqori.

Yangi Sportage tashqi ko‘rinishda kengroq panjara, vertikal LED faralar, yangilangan orqa bamper va o‘zgarishlarga uchragan chiroqlar bilan ajralib turadi. Model 17 dan 19 dyuymgacha g‘ildirak o‘lchamlariga ega, X-Pro Prestige AWD esa maxsus 17 dyuymli matli qora g‘ildiraklar va BF Goodrich shinalari bilan jihozlangan bo‘lib, eng yuqori narxli model 39 590 dollarni tashkil qiladi.

Foto: Kia

Salon ikki dona 12,3 dyuymli displey, yangi ikki pog‘onali rul, mato yoki SynTex qoplamali o‘rindiqlar, isitiladigan va ventilyatsiyalangan o‘rindiqlar, Harman Kardon audiotizimi, simsiz zaryadlash, panoramali lyuk kabi zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan. Asosiy LX bezaklarida esa olti karnayli audio, charm bilan qoplangan rul va aqlli kruiz nazorati mavjud.

Texnik jihatdan, Sportage avvalgidek 187 ot kuchiga ega 2,5 litrli to‘rt silindrli dvigatel va sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. To‘liq g‘ildirakli tizim $1800 narxda taklif etiladi, biroq X-Line AWD va X-Pro Prestige AWD trimlarida u standart sifatida beriladi.

Yangi modelning AQSH bo‘ylab savdosi yaqin haftalarda boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kirsiv Uzbekistan foydalanilgan Kia Sportage sotib olishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek