
«Manchester Siti» 2025–2026-yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy libosini rasman taqdim etdi. Bu haqda klub rasmiy instagram sahifasida e’lon qildi.
Yangi libos Puma brendi tomonidan tayyorlangan. E’tiborlisi, yangi mavsum formasining individual futbolchi nomlari bilan chiqarilgan versiyalari orasida Abduqodir Husanov nomi tushirilgan futbolkalar ham mavjud.
Endilikda «Siti» muxlislari ushbu futbolkalarni klubning rasmiy do‘konlarida yoki onlayn tarzda xarid qilishlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov va Vitor Reis: qaysi biri ko‘p maosh olishi haqida xabar bergan edi.