Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov: «Raqamli markirovkadan eng katta foydani iste’molchi ko‘radi»

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bilan dori vositalari bozoriga raqamli markirovkaning ta’siri va soxtalashtirishga qarshi kurashdagi o‘rni haqida suhbatlashdi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov

2022-yildan boshlab O‘zbekistonda dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimi tatbiq etilmoqda. Bu tizim soxta mahsulotlarga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etib, farmatsevtika bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Dastlabki natijalar, tizimning samaradorligi hamda 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Kursiv Uzbekistan’ga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi.

— Abdulla Abdisalomovich, farmatsevtika sohasida raqamli markirovka tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar nimalardan iborat?

— 2022-yil 1-sentabrdan boshlab dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimi amaliyotga joriy etildi. Ushbu tizim avvalo aholining salomatligini himoya qilish kabi dolzarb va muhim vazifani o‘z zimmasiga oladi.

Raqamli markirovkalash — bu ishlab chiqarish, import va mahsulot aylanmasini nazorat qilishga xizmat qiluvchi zamonaviy tizim. Xalqaro tajribada bu tizim Track & Trace deb ataladi. Uning yordamida har bir mahsulot birligi ishlab chiqarilgan sanasi va joyi, kimga jo‘natilgani hamda qachon iste’molchiga sotilgani kabi barcha bosqichlar bo‘yicha to‘liq nazorat qilinadi.

Asl Belgisi raqamli markirovkalash tizimi ko‘plab afzalliklarga ega. Ushbu tizim nafaqat davlat va biznes subyektlari uchun foydali, balki iste’molchilarga ham dori vositasini xarid qilishdan avval uning aslligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi. Raqamli markirovkalash tizimining asosiy maqsadi — fuqarolarni xavfsiz va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash. Shaffof nazorat esa kontrafakt preparatlarning muomalaga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Ushbu tizimdan eng katta foyda oluvchi aynan iste’molchi, chunki markirovka qilish jarayoni birinchi navbatda aholining hayoti va salomatligini himoya qilishga qaratilgan. Agar xaridor tovar haqida barcha zarur va qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘lsa, dorixonalarda sotilayotgan mahsulotlarning haqiqiyligiga nisbatan ishonch yanada ortadi.

Raqamli markirovkalash tizimi nafaqat jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi, balki iste’molchilarni kontrafakt yoki yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlardan himoya qilishga xizmat qiladi. Tovarlarni markirovkalash — bu sotib olinayotgan mahsulotning qonuniy, sifatli va xavfsiz ekanligiga kafolatdir.

Oldin dori vositalari bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda u yana bir muddat savdoda qolishi mumkin edi. Endilikda esa Asl Belgisi raqamli markirovkalash tizimi orqali dorilarning harakat yo‘nalishini real vaqt rejimida kuzatish va qoidabuzarlik aniqlanganda tegishli nazorat organlariga zudlik bilan xabar berish imkoni mavjud. Bu xaridorlar salomatligini himoya qilish uchun muhim qadam. Ushbu chora-tadbirlarning barchasi aholi salomatligini himoya qilishga qaratilgan. Data Matrix kodini skanerlash va asl mahsulotni tanlash orqali inson o‘zini va yaqinlarini himoya qilishi mumkin.

— Ozbekiston farmatsevtika bozori qanchalik rivojlanmoqda? Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar ko‘pincha qanday muammolarga duch kelmoqda? Raqamli markirovkalash ushbu zamonaviy muammolarni bartaraf etishda qanday yordam bermoqda?

— Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda global farmatsevtika bozorining 10–15 foizini qalbaki va kontrafakt dori vositalari tashkil etadi. Bu esa jiddiy muammo, chunki dori vositalari bevosita inson salomatligi bilan bog‘liq hayotiy mahsulotlar hisoblanadi. Ayniqsa, antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, antigistamin preparatlar, shuningdek, hayot

uchun xavfli holatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan dori vositalari ko‘p hollarda qalbakilashtirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hech bir dori turi soxtalashtirishdan to‘liq himoyalanmagan. Ammo soxta dorilarni asl mahsulotlardan farqlashning eng samarali va ishonchli usuli bu — raqamli markirovkalash tizimi.

— Farmatsevtika sohasida raqamli markirovkalash tizimining mavjud hisob va nazorat tizimlari bilan integratsiyasi qanday kechmoqda?

— Agentlik Asl Belgisi tizimi orqali dori vositalarining markirovkasi bo‘yicha ma’lumotlarni qabul qiladi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va referent narxlar to‘g‘risidagi axborotni uzatadi. Barcha integratsiya jarayonlari maxsus himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi.

— Farmatsevtika mahsulotlarining sifati va xavfsizligini oshirishda raqamli markirovkaning o‘rni qanday?

— Raqamli markirovka joriy etilgan davr mobaynida ulgurji va chakana sotuvchilar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, dori vositalarini kuzatish tizimi ham muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Endilikda har bir dori vositasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo‘lgan yo‘li to‘liq kuzatish mumkin.

Preparatning haqiqiyligini bepul Asl Belgisi mobil ilovasi yordamida tekshirish mumkin. Ilovani telefonga yuklab olish va xarid qilishdan oldin dori vositasining raqamli markirovka kodini skanerlash kifoya.

Bu tizim iste’molchilar, tadbirkorlik subyektlari va davlat uchun birdek foydalidir. Iste’molchilar endi xarid qilayotgan mahsulotlarning qonuniyligi va ularning sog‘liq uchun xavfsizligiga shubha qilmaydi. Maxsus mobil ilova orqali istalgan fuqaro xariddan oldin mahsulotni tekshirishi va aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha xabar berishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar bevosita nazorat organlariga uzatiladi.

Qonuniy ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar tovarlarni raqamli markirovkalash tizimida ishtirok etib, bozorda kontrafakt va kontrabanda ulushining kamayishi hisobiga daromadning o‘sishi va raqobatbardoshlikning oshishiga erishmoqda.

Biznes subyektlari esa mavsumiylik, sotuvlar intensivligi va geografiyasi haqidagi dolzarb statistik ma’lumotlar asosida mahsulot harakatini kuzatib borish, yetkazib berish zanjirini va ombor zaxiralarini optimallashtirish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa logistika xarajatlarini kamaytirish, samaradorlikni oshirish va mehnat unumdorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Davlat miqyosida esa tovarlarni raqamli markirovkalash yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona tushumlarini oshirish hamda tovar bozorlari ustidan samarali nazorat o‘rnatish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

— Yangi yilning boshlanishi tovarlarni markirovkalash sohasidagi yangilik bilan boshlandi. 1-martdan boshlab biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) ixtiyoriy ravishda markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi. Ushbu mahsulotlar bilan ishlayotgan, shuningdek, BFQlarni markirovkalash loyihasida ishtirok etishni istagan ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarga qanday tavsiyalar berasiz?

— Ma’lumki, bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab biologik faol qo‘shimchalar bozori jadal rivojlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida ushbu bozorda sifatsiz va qalbaki mahsulotlar muammosini kun tartibiga olib chiqadi. Shu nuqtayi nazardan, markirovkalash tizimi bu yo‘nalishda ishonchli yechim sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda dori vositalarini markirovkalash jarayonini joriy etish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish zarur.

Dori vositalari segmenti bo‘yicha 2024-yil yakunlarini qanday baholaysiz?

— 2024-yil farmatsevtika sohasi uchun nihoyatda samarali yil bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sohaga oid bir qator farmon va qarorlar imzolandi hamda tegishli topshiriqlar berildi.

Xususan, quyidagi muhim yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:

•  «Zarur farmakologik nazorat amaliyoti — GVP» standartini joriy etish. Sog‘liqni saqlash vazirligiga tibbiyot tizimining barcha bo‘g‘inlaridan dori vositalarining nojo‘ya ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish topshirildi;

•  dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ulgurji va chakana sotuvchi tashkilotlarda litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, tekshiruvlar yiliga bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda vakolatli organni oldindan xabardor qilgan holda amalga oshiriladi;

•  dori vositalarining postmarketing nazorati tizimini joriy etish.

Shu bilan birga, farmatsevtika tarmog‘ida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda aholini sifatli, samarali va arzon farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash borasida izchil ishlar olib borildi. Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish yo‘nalishida ham faoliyat kengaytirildi. Jumladan, 2025–2030-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, umumiy qiymati $2 milliardlik investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

Shuningdek, Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil oxirida ushbu klasterning ma’muriy binosini foydalanishga topshirish marosimi o‘tkazildi. Mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Asakabank» AJ tomonidan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni jalb qilishga qaratilgan innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish loyihalarini kredit va lizing mexanizmlari orqali moliyalashtirish uchun 4 yilgacha imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada $50 million miqdorida kredit liniyasi ajratildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-yil yakunlari bo‘yicha 5,1 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 113 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy qiymati $180,1 millionlik mahsulot eksport qilindi.

— Joriy yilga farmatsevtika sohasining rivojlanishi bo‘yicha qanday prognozlaringiz bor?

— Sohada ishlar jadal davom etmoqda. 2025-yilga mo‘ljallangan aniq maqsadlar va qadamlar amalga oshirilmoqda. Bunda davlat rahbarining yordamini e’tirof etmaslik mumkin emas. O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuvidan so‘ng mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 28.01.2025-yildagi «Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi

PF-13-son farmoni imzolandi. Hujjatga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, biologik faol qo‘shimchalar, dorivor o‘simliklar va kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo, butlovchi qismlar, texnikalarni olib kirishda davlat bojini to‘lashdan uch yil muddatga ozod qilindi. Shu bilan birga, farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish uchun xorijda davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxonalarga ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini 50 foizdan 100 foizgacha qoplab berish, tarmoq korxonalariga agentlik buyurtmasiga asosan farmatsevtika yo‘nalishidagi nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda stendlar bilan ishtirok etish xarajatlarini 100 foiz oldindan to‘lab berish tartibi joriy etildi. Bularning barchasi davlat rahbarining sohaga qaratayotgan e’tibori tufayli amalga oshmoqda. Joriy yilda umumiy ishlab chiqarish hajmini 6,3 trillion so‘mga, eksportni esa $200 milliondan oshirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Shuningdek