15-may kuni qanday havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi

2025-yil 15-may kuni O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahrida harorat 22-24 daraja, kunduzi esa 37-39 daraja issiqlik bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 36-41 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi esa 38-43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi esa 34-39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi esa 28-33 daraja issiqlik atrofida bo‘ladi.