Sport

Abduqodir Husanov yana angliyaliklar diqqatida

Husanov
Abduqodir Husanov yana angliyaliklar diqqatida / Foto: «Manchester Siti»

O‘zbekistonlik futbolchi, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov va bloger celine.dept ishtirokida noodatiy kontent olindi. Video klubning Instagram sahifasiga ham joylangan.

Tasvirda futbolchi va bloger mamlakat nomi va shu bilan birga, o‘sha yerlik «Manchester Siti» futbolchisini aytishi kerak bo‘lgan. Agar javoblar mos kelsa topshiriq bajarilgan deb hisoblanadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/05/aqo809zt_8t1mors7zor5p_rgl9sbzmlzja7uhycaaq9_xgip1pj9vzeidu9ymp0-1.mp4
Video: celine.dept instagram sahifasi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Husanov nega maydonga tushmayotgani haqida yozgan edi.