Siri tasodifan yoqilgan bo‘lsa, Apple sizga pul to‘lashi mumkin

Apple kompaniyasi Siri’ning tasodifiy yoqilishi orqali foydalanuvchilarning shaxsiy suhbatlari tinglangani haqidagi jamoaviy da’vo asosida $95 mlnlik kelishuvga rozi bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, da’vogarlar kompaniyani maxfiylikni buzganlikda ayblagan, biroq Apple bu ayblovlarni rad etmoqda.
To‘lov olish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalanuvchi AQShda 2014-yil 17-sentabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha Siri mavjud bo‘lgan Apple qurilmasiga egalik qilgan va Siri tasodifan shaxsiy suhbat vaqtida faollashgan bo‘lishi kerak.
Da’voni rasmiylashtirish uchun foydalanuvchilar Apple ID bilan bog‘liq elektron pochta orqali yuborilgan maxsus havola va kodlardan foydalanib ariza topshirishlari mumkin. Har bir foydalanuvchi 5 ta qurilma bo‘yicha ariza yuborishi va qurilma uchun 20 dollargacha to‘lov olishi mumkin.
Ariza topshirish muddati — 2025-yil 2-iyul, yakuniy qaror esa 1-avgust kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi iPhone 17 narxlari qanchaga oshishi haqida yozgan edik.