Usta dehqonlar 100 million so‘mgacha subsidiya oladi

eʼlon qilindi
Subsidiya bir ish kuni ichida «Onlayn mahalla» platformasi orqali bank kartalariga o‘tkaziladi
Usta dehqonlar 100 million so‘mgacha subsidiya oladi / Foto: fotokostic / depositphotos.com

Mahallaning 50 foiz xonadonida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi. Bu haqda hukumat qarori bilan nizom qabul qilindi.

Nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘laridan har yili 500 ta mahallada eng namunali va innovatsion loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravarigacha (37,5 million so‘m) grant ajratiladi.

Shuningdek, usta dehqonlar tashkil qilgan qisqa o‘quv kurslari xarajatlari uchun har kursga BHMning 15 baravarigacha (5,6 million so‘m) subsidiya beriladi.

Hududiy mehnat organlari «mahalla yettiligi» bilan birga xatlov o‘tkazadi va zarur hujjatlar asosida usta dehqonlarni tanlaydi. Tanlab olingan nomzodlarga subsidiya bir ish kuni ichida «Onlayn mahalla» platformasi orqali bank kartalariga o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sutni qayta ishlovchi korxonalarni yaratishga $250 minggacha imtiyozli kreditlar berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek