Yangiliklar

Respublikadagi barcha muzeylarda «ochiq eshiklar kuni» boʻlib oʻtadi

Tashrif buyurish bepul
Muzey
Foto: Madaniy meros agentligi

Bugun, 18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Oʻzbekistondagi barcha davlat muzeylarida «ochiq eshiklar kuni» tashkil etiladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, «ochiq eshiklar kuni» barcha davlat muzeylarida soat 9:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rishtonda kulolchilik muzeyi ochilishi haqida yozgandi.