Fan

Space Solar kompaniyasi Quyosh energiyasini fazodan uzatish texnologiyasini yaratdi

19-may 2025 22:22 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Space Solar kompaniyasi Quyosh energisini simsiz uzatish texnologiyasini yaratdi / Foto: Space Solar

Buyuk Britaniyaning Space Solar kompaniyasi Quyosh energiyasini orbitadan Yerga simsiz uzatish bo‘yicha innovatsion texnologiyasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda IT Community ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Cassidi» loyihasi doirasida yaratilgan «Cassiopeia» nomli modulli sun’iy yo‘ldoshdagi quyosh panellari Yerda o‘rnatilgan panellarga nisbatan 13 barobar yuqori samaradorlikka ega. Orbitada joylashgan panellar doimiy ravishda quyosh nurlariga ta’sir ostida bo‘lib, tun yoki bulutli ob-havoga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi.

Mazkur texnologiya yuqori chastotali radio to‘lqinlar orqali energiyani simsiz uzatish va uni Yerda qabul qilish imkonini beradi. Energiya nurlarini 360 daraja yo‘naltirish mexanik qismlarsiz amalga oshiriladi, bu esa tizim ishonchliligini oshiradi. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanib, texnologiyaning samaradorligi tasdiqlandi.

Space Solar kompaniyasi besh yil ichida megavatt quvvatga ega tijorat tizimini yaratishni, keyingi 12 yil ichida esa ushbu ko‘rsatkichni o‘nlab megavatt va gigavatt darajasiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Birinchi sun’iy yo‘ldoshlarning orbitaga uchirilishi 2030-yilga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy olimlari fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etgan edi.

Shuningdek