
2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston talabalari talabalik guvohnomasini yonida olib yurishlariga hojat qolmaydi. Ular guvohnomaning faqat elektron shaklidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur yangilik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida joriy qilinayotgan raqamli hujjatlar tizimining bir qismidir.
Yagona tizim orqali quyidagi 17 turdagi hujjatning elektron varianti mavjud bo‘ladi: biometrik pasport, ID-karta, haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, texnik pasport, pensiya guvohnomasi, nogironlik haqidagi ma’lumotnoma, ta’lim diplomi, yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi, sug‘urta polisi va boshqalar.
Raqamli hujjatlar tizimi fuqarolarga tez, ishonchli va zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi hamda ortiqcha hujjatlar olib yurish zaruratini bartaraf etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yagona talaba formasi joriy etilmasligi haqida xabar bergan edik.