
Ford Motor kompaniyasi AQSHning Kentukki shtatidagi yirik akkumulyator zavodining bir qismini Nissan kompaniyasiga foydalanish uchun topshirmoqda. Bunga elektromobil (EV) bozoridagi past talab va yuqori ishlab chiqarish xarajatlari sabab bo‘lgan. Bu haqda The Wall street journal (WSJ) narxi xabar bermoqda.
2021-yilda Ford SK On kompaniyasi bilan hamkorlikda Kentukkida ikkita akkumulyator zavodi qurish uchun $7 mlrd sarmoya kiritgan edi. Biroq hozirda ulardan biri to‘liq ishlamayapti, ikkinchisi esa faqat qisman faoliyat yuritmoqda. Ford ushbu zavodning bo‘sh turgan quvvatlarini Nissan’ga ijaraga berib, u yerda Nissan uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Nissan uchun bu imkoniyat AQSHda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali import bojlari bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Kompaniya yaqinda Yaponiyadagi yangi akkumulyator zavodi qurilishidan voz kechgan va moliyaviy qiyinchiliklar sababli 20 ming xodimni ishdan bo‘shatgan.
Ford’ning bu qarori kompaniyaning elektromobil bozoridagi strategiyasini qayta ko‘rib chiqayotganini ko‘rsatadi. Avvalroq kompaniya 2024-yilda EV bo‘limida $5 milliard zarar ko‘rganini e’lon qilgan edi va 2025-yil uchun moliyaviy prognozlarini bekor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nissan Qashqai’ning keyingi avlodi to‘liq elektromobil bo‘lishi haqida yozgan edi.