Yangiliklar

AQSh va Yaponiyaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotga berdi
xorijga yuborish
Foto: Prokuratura Departamenti

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida fuqaro AQShda istiqomat qiluvchi qarindoshi bilan kelishgan holda, ikki nafar fuqaroni Amerikaga yuborish evaziga $22,5 ming olgan paytda qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotga berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqarolarni Yevropa hamda Meksika orqali Amerikaga yuborish va’da qilingan.

Shunga o‘xshash holat Bektemir tumanida ham aniqlangan. Unda yana bir fuqaro ikki nafar boshqa shaxsni Yaponiyaga ishga yuborishini aytib, $2 ming olgan vaqtida ushlangan.

Ayni paytda ushbu voqealar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik ayol Hindistonda odam savdosi qurboniga aylanishdan saqlab qolingani haqida yozgan edi.