Yangiliklar

2025-yilda necha nafar oʻquvchi maktabni tamomlagani ochiqlandi

O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 12,1 foizga ko‘p
Foto: Kinderkz/depositphotos.com

2024/2025-oʻquv yilida Oʻzbekiston boʻylab barcha mulkchilik shaklidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini 455,2 ming nafar oʻquvchi bitirishi kutilmoqda. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi dastlabki ma’lumotlarga tayanib, xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shulardan 243,1 ming nafari qiz bolalar. Umumiy bitiruvchilar soni oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 49,2 ming nafarga yoki 12,1 foizga koʻp.

Hududlar kesimida eng koʻp bitiruvchi Samarqand viloyatida (51,8 ming nafar), Fargʻona (47 ming), Qashqadaryo (44,6 ming) va Toshkent shahrida (41 ming) qayd etilgan.

Oʻz navbatida, eng kam bitiruvchilar esa Sirdaryo (11 ming), Navoiy (13 ming) va Jizzax (18 ming) viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda 414 mingdan ortiq 11-sinf oʻquvchilari maktabni tamomlagani haqida xabar bergan edi.