
Oʻzbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqoʻziyev Las-Vegasda boʻlib oʻtgan boks oqshomida muhim gʻalabaga erishdi.
U shu paytgacha magʻlubiyat nimaligini bilmagan amerikalik bokschi Darius Fulghumga qarshi 12 raundlik jangda ustunlikka erishib, hakamlar qarori bilan zafar quchdi.
Mazkur gʻalaba Meliqoʻziyev uchun alohida ahamiyatga ega boʻldi. U nafaqat raqibiga professional faoliyatidagi ilk magʻlubiyatni ravo koʻrdi, balki shu orqali WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogar maqomini ham qoʻlga kiritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Murodjon Ahmadaliyev Meksikada navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.