Yangiliklar

O‘zbekistonda o‘quvchilar soni 45,6 foizga oshdi

1990/1991-o‘quv yili bilan solishtirganda
O‘zbekistonda o‘quvchilar soni keskin ortib bormoqda / Foto: Pexels.com

2024/2025-o‘quv yili boshiga kelib, O‘zbekiston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 6,7 mln nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

So‘nggi yillardagi barqaror o‘sish natijasida 1990/1991 o‘quv yiliga nisbatan o‘quvchilar soni 2,1 mln nafarga yoki 45,6 foizga oshgan.

Yillar kesimida o‘quvchilar soni quyidagicha:

O‘quv yiliO‘quvchilar soni (ming nafar)
1990/19914 655,5
2000/20016 017,6
2010/20114 695,3
2020/20216 287,9
2023/20246 645,1
2024/20256 776,3

Ushbu ko‘rsatkichlar ta’lim sohasiga bo‘lgan talabning ortib borayotganini hamda aholining o‘sishi bilan bog‘liq jarayonlarni yaqqol aks ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda necha nafar oʻquvchi maktabni tamomlagani ochiqlangan edi.