Yangiliklar

1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Bu yil 2018-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi
1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi / Foto: Xalq ta’limi

2025/2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan start oladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich 2025-yil 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida, 2-bosqich esa 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqaridagi arizalarni qamrab oladi.

Hujjatlar my.maktab.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ota-onalar ushbu saytga kirib ro‘yxatdan o‘tishi va videoyo‘riqnoma asosida kerakli maktabni aniqlashi mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda esa o‘quvchilar vazirlikning adm.maktab.uz tizimi orqali ro‘yxatga olinadi.

Eslatma o‘rnida, bu yil 1-sinfga 2018-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlariga yoki Telegram’dagi @mymaktab_uz kanaliga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Pedagogika mahorati markazi ochilgan edi.