Yangiliklar

Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi: 20 kishi halok bo‘ldi

Yana 52 kishi jarohat olgan
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi: 20 kishi halok bo‘ldi / Foto: Firas Makdesi / Reuters

Suriya poytaxti Damashqdagi Mar Elias yunon pravoslav cherkovida terrorchining o‘zini portlatishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 52 kishi jarohat oldi. Bu haqda Suriya sog‘liqni saqlash va xavfsizlik idoralariga tayanib, Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Foto: Firas Makdesi / Reuters

Ichki ishlar vazirligining bayonotiga ko‘ra, hujumchi «Islomiy davlat» guruhiga a’zo bo‘lgan. U avval cherkov ichida o‘q uzgan, so‘ng esa portlovchi jiletini ishga tushirgan. Bu Damashqda Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin sodir bo‘lgan ilk xudkushlik hujumi bo‘ldi.

Foto: Firas Makdesi / Reuters

Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujumni qoralab, diniy ozchiliklar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishga chaqirdi. Hozirda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Eronga bergan zarbasi bozorlarga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida yozgan edik.